Kisuke Store
Telegram 0

Yetkazib berish

Buyurtma, yetkazish va to‘lov

Buyurtmani saytning o‘zida berasiz. Futbolkalarni Uzum Marketda ham olish mumkin.

Qanday buyurtma beriladi

  1. Tanlang

    Kiyim sahifasida rang va razmerni tanlab, savatga qo‘shing.

  2. Buyurtma bering

    Savatda ismingiz, telefoningiz, viloyat, tuman va o‘zingizga qulay BTS pochta punktini tanlang. Buyurtma Telegram orqali bizga yuboriladi.

  3. BTS orqali oling

    Xabaringizni olgach, siz bilan bog‘lanib to‘lovni kelishamiz va buyurtmani tanlagan BTS punktingizga jo‘natamiz.

Do‘konga o‘tish

Uzum Market

Futbolkalarni Uzum Marketda ham olish mumkin. Bunda buyurtma, yetkazish va to‘lov Uzum qoidalari bo‘yicha bo‘ladi.

Uzumdagi do‘kon

Qaytarish

Saytdan olingan buyurtmalarni qaytarish shartlarini buyurtma paytida kelishamiz. Uzum orqali olinganlari Uzum qoidalari bo‘yicha qaytariladi. Razmerni oldindan razmer jadvalida tekshirib oling.

Parvarish

  • Yuvishdan oldin teskari ag‘daring.
  • 30°C dan issiq bo‘lmagan suvda yuving.
  • Oqartiruvchi vosita ishlatmang.
  • Ichki tomonidan, o‘rtacha haroratda dazmollang. Bosma ustidan dazmollamang.

Savol-javob

Qaysi razmerni olay?

Futbolkalar oversize bichimda. Odatdagi razmeringizni oling. Aniq o‘lchamlar razmer jadvalida.

Futbolka qaysi matodan?

100% paxtadan.

Qaysi ranglar bor?

Har bir dizayn oq va qora rangda. Barchasini do‘konda ko‘ring.

Savolim bo‘lsa, qayerga yozaman?

Telegram kanalimiz: @Print_uz_lazizbek. Instagram: @kisuke.store_uz.